«Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduga 3 ta klubdan taklif tushgan. AS xabariga ko‘ra, bu klublar qatorida «Chelsi» ham bor.
Takliflardan biri jiddiy ekani va «Real» bu taklifni ko‘rib chiqishga tayyorligi aytilmoqda.
Futbolchi esa «Qirollik klubi» maoshini ko‘tarib bermasa, ketishni istaydi.
Bundan avvalroq Krishtianu Ronaldu «Real»dan o‘zini ko‘pi bilan 100 million yevroga sotib yuborishni so‘ragani haqida xabarlar berilgandi.
Qayd etilishicha, futbolchi va klub prezidenti Florentino o‘rtasiga sovuqchilik tushgan, ular keyingi vaqtlarda umuman gaplashishmayapti.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Ronaldu uchun asosiy da’vogar «Manchester Yunayted» va «PSJ»dir. Ushbu klublar o‘tgan yil yozidayoq futbolchi transferiga qiziqish bildirishgandi.
Joriy mavsumda Ronaldu Madrid klubi safida barcha turnirlar doirasida 26 uchrashuvda maydonga tushdi va 18 gol urib, 4 golga uzatma berdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Ozish uchun qancha yugurish kerak?
Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi
Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli”
Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi