
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoadagi o‘rni va shuningdek, yaqinda YeChL 1/8 final bahsida PSJ bilan bo‘ladigan o‘yin haqida gapirib o‘tdi.
– “Real” (Madrid) kabi klubni boshqarar ekansan, tanqidlar bo‘laveradi. Men bu yerda baxtliman va jamoa bilan ishlashni xohlayman. Bu mavsum nimadir bizda yaxshi ketmayapti. Buning uchun javobgarlikni o‘z bo‘ynimga olaman. Ishlash va g‘alaba qozonish kerak.
– PSJ yildan yilga o‘sib kelmoqda. Bizga oson bo‘lmaydi. Emeri – ajoyib mutaxassis. Natijalar parijliklarning qanday o‘ynayotganini ko‘rsatmoqda, – deydi Zidan RTL France nashriga.
“Real” va PSJ o‘rtasidagi YeChL 1/8 final birinchi bahsi Madridda 14 fevral kuni bo‘lib o‘tsa, javob bahsi 6 mart kuni Parijda bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar