JCh-2018. Argentina Islandiya bilan durang o‘ynadi (video)

JCh-2018. Argentina Islandiya bilan durang o‘ynadi (video)
Rossiyada jahon chempionati o‘yinlari davom etmoqda. D guruhining dastlabki o‘yinida Argentina va Islandiya bellashdi.

O‘yin janubiy amerikaliklarning katta tashabbusi ostida o‘tdi. Ammo ular raqib darvozasini atigi bir marta ishg‘ol etdilar. 19-daqiqada Aguero jarima maydoni ichidan aniq zarba yo‘llab, to‘pni darvoza «to‘qqizligi»ga joyladi.

Oradan 4 daqiqa o‘tgach, Islandiya hisobni tenglashtirdi. Finnbogason himoyachilar xatosidan foydalanib, to‘pni yaqin masofadan darvozaga bexato yo‘lladi.

Ikkinchi bo‘limda argentinaliklar bosimni oshirishdi. Raqib darvozasi oldida ko‘plab vaziyatlar yaratildi, xavfli zarbalar yo‘llandi. 64-daqiqada esa Mesaga nisbatan qilingan qoidabuzarlik uchun bosh hakam penalti belgiladi. Ammo o‘yin qahramonlaridan biri darvozabon Xalldoursson Messining zarbasini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.
JCh-2018. Argentina Islandiya bilan durang o‘ynadi (video)
JCh-2018. Argentina Islandiya bilan durang o‘ynadi (video)
Qolgan daqiqalarda Argentina terma jamoasi futbolchilarining g‘alabani ilib ketish uchun qilgan birorta urinishi foyda bermadi.

JCh-2018, D guruhi
Argentina – Islandiya 1:1
16 iyun, Moskva, «Otkritiye Arena»
Gollar:
1:0 – 19 Aguero, 1:1 – 23 Finnbogason.
Amalga oshirilmagan penalti: Messi (64, darvozabon)
Argentina – Kabalyero, Roxo, Otamendi, Talyafiko, Maskerano, Bigliya (Banega, 54), Salvio, Mesa (Iguain, 84), Di Mariya (Pavon, 75), Messi, Aguero.
Islandiya – Xalldoursson, R.Sigurdsson, Magnusson, Sevarsson, Arnason, Xadlvredsson, Gunnarsson (Skulason, 76), G.Sigurdsson, Gudmundsson (Gislason, 63), Byarnason, Finnbogason (Sigurdarson, 89).

Uchrashuv vaziyatlarini quyidagi VIDEO orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar