
«Real» Xalqaro chempionlar kubogida «Yuventus»ga qarshi o‘ynadi. AQShning Merilend shtatidagi Lendover shahrida joylashgan «Fedeks Fild» stadionida kechgan uchrashuv ispanlar klubining 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yinda hisob 12-daqiqada, «Real» himoyachisi Daniel Karvaxal o‘z jamoasi darvozasini ishg‘ol etib qo‘yishi bilan ochildi. Ispanlar klubi birinchi bo‘lim oxirida Garet Beylning uzoq masofadan yo‘llagan aniq zarbasi evaziga hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limda «Real» yarim himoyachisi Marko Asensio dubl qayd etdi. Unga birinchi golida ushbu o‘yinda debyutini o‘tkazgan Vinisius Junior golli uzatma berdi.
Turnirdagi keyingi o‘yinni «Real» 8 avgust kuni «Roma»ga qarshi o‘tkazadi.
International Champions Cup
Real Madrid Ispaniya – Yuventus Italiya 3:1 (1:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 12, avtogol Karvaxal, 1:1 – 39 Beyl, 2:1 – 47 Asensio, 3:1 – 56 Asensio.
Real Madrid – Navas (Lunin, 64), Nacho (Edegor, 77), Regilon, Karvaxal (Odriosola, 46), Xaver Sanches (Leon, 78), Isko (Asensio, 46), Valverde, Sebalos (Mayoral, 64), Kroos (Lorente, 46), Beyl (Vaskes, 46), Benzema (Vinisius Junior, 46).
Yuventus – Shchensni (Perin, 63), Kellini (Bardzali, 72), Benatiya (Rugani, 63), De Shilo, Aleks Sandro, Markizio, Pyanich (Fernandes, 71), Bernardeski, Xedira (Fadjoli, 46), Joau Kanselu, Favilli (Mateus Pereyra, 63).
Ogohlantirishlar: Benatiya (6), Aleks Sandro (33), Regilon (81).
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar