
Bugun tunda Estoniya poytaxti Tallin shahrida UYeFA Superkubogi uchun bahs bo‘lib o‘tadi. Unda Madridning asosiy kuchlari – “Real“ – “Atletiko“ to‘qnashuvi bo‘lib o‘tadi.
Ikki ispan grandining bellashuvi muxlislar uchun odatiy bo‘lib qolgan bo‘lsada, bugungi o‘yin intirozlik bilan kutilmoqda. Chunki, savollar ko‘p, javoblar esa hozircha yo‘q.
“Real“ Ronaldu va Zidansiz qanday o‘ynarkin? Xulen Lopetegi boshchilidagi Qirollik klubi muvaffaqiyat yo‘lidan adashmaydi-mi? “Real“ning o‘yin uslubi qanday ko‘rinish oladi? Kim endi yetakchilikni o‘z zimmasiga oladi? Ramos – Diyego Kosta to‘qnashuvida kimning qo‘li baland keladi?
Bugungi bahs chindan ham qaynoq va kurashlarga boy chiqadi. G‘olib nomini oldindan aytish deyarli imkonsiz, sababi ikki jamoa turli xil saviyadagi musobaqada g‘olib chiqqan bo‘lishiga qaramay, kuchlar teng, ayniqsa hozirgi holatda.
“Real” so‘zsiz yangilanish davriga qadam qo‘ymoqda va transferlar mavsumi yakuniga qadar tarkibda jiddiy o‘zgarishlar yuz berishi hech gap emas. “Atletiko“da esa barchasi mo‘tadil. Yangi xaridlar yordamida tarkib kuchaytirildi va Lemar kabi kuchli futbolchi jamoaga keldi. Endi hujumdagi samaradorlik ancha oshishi va Grizmannga yordamchi bittaga ko‘paygani kundek ravshan.
Shuning uchun ham bugungi superbahsni aslo o‘tkazib yubormang va Uff.uz dan uzoqlashmang!
UYeFA Superkubogi
Real Madrid Ispaniya – Atletiko Ispaniya
Vaqti:
15 avgust, 00:00
Stadion:
“A Le Kok Arena” (Tallin, Estoniya)
Bosh hakam:
Shimon Marchinyak (Polsha)
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar