
“Real Madrid” Ispaniya chempionatining 4-turida “Atletik Bilbao” maydoniga safar qildi. “San Mames” stadionida kechgan oʻyin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Uchrashuvning 32-daqiqasida Muniain maydon egalarini hisobda oldinga olib chiqqan boʻlsa, 63-daqiqasida esa Isko gol kiritib, yakuniy hisob durang boʻlishini taʼminladi.
Shu tariqa, “Real Madrid” mavsumda ilk bor ochko yoʻqotdi. Madridliklar 10 ochko bilan musobaqa jadvalining ikkinchi pogʻonasida bormoqda. “Atletik Bilbao” esa 5 ochko bilan 4-oʻrinni egallab turibdi.
Musobaqa jadvalida 12 ochko toʻplagan “Barselona” peshqadamlik qilmoqda.
Atletik Bilbao – Real Madrid 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 32 Muniain, 1:1 – 63 Isko.
Atletik – Mendibil, Yeray Alvares, Berchiche, De Markos, Martines, Benyat (Mikel Riko, 81), Dani Garsiya, Susayeta, Raul Garsiya, Muniain (Kapa, 54), Inyaki Uilyams (San Xose, 76).
Real Madrid – Kurtua, Ramos, Marselo, Karvaxal, Varan, Modrich (Isko, 61), Kroos, Asensio, Sebalos (Kazemiro, 46), Beyl (Vaskes, 75), Benzema.
Ogohlantirishlar: Yeray Alvares (45), Dani Garsiya (60), Kapa (68), Berchiche (72), Benyat (78), Karvaxal (85), Vaskes (87), Mendibil (90). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar