07:01 / 06.10.2018
2 886

Ronaldu va Zidansiz “Real”da qanday oʻzgarishlar yuz berdi?

Ronaldu va Zidansiz “Real”da qanday oʻzgarishlar yuz berdi?
Zinedin Zidan “Real”dan may oyi oxirida ketdi. Krishtianu Ronaldu esa Madridni iyul oʻrtasida tark etdi. Klub esa ikki yarim oy ichida yangi murabbiy olib keldi va UYEFA superkubogida va YECHLda SSKAga magʻlubiyatga uchradi.

Jamoaga yangi murabbiy boʻlib kelgan Xulene Lopetegi “Real”ga bir qancha oʻzgartirishlar olib keldi.

1. Darvozabonni oʻzgartirdi

Keylor Navas soʻnggi ikki mavsumda oʻziga yana bir necha yil asosiy tarkibdagi joyi kafolatlanganday oʻynadi, ammo yozda “Real” rahbariyati unga raqobatchi olib kelishga qaror qildi. Madridliklar Tibo Kurtuaning ulkan orzusini – “Real”da oʻynash – amalga oshirishdi va buning uchun “Chelsi”ga 32 mln yevro toʻladi.

“Real” tarkibiga JCH-2018 turnirining eng yaxshi darvozaboni kelganiga qaramasdan Ispaniya chempionati yangi mavsum ilk uchrashuvlarida Navas “qirollik klubi” darvozasini qoʻriqladi, ammo ammo “Leganes”ga qarshi ishonchli oʻyinda Madrid klubi darvozasini aynan Kurtua qoʻriqladi. Qisqasii, u qiziqarli statistik faktni bera oldi: Bitta oʻyinda Kurtuaning uzoq masofaga toʻp oshirish oʻrtacha aniqligi 58%ni tashkil qilgan. Tibodan oldin bu natijani faqatgina Kasilyas qayd etgan. 2006 yilda 61,54%.

2. Garet Beylning oʻyin uslubi oʻzgardi

“Football Manager” oʻyinlarida “asosiy hujumkor oʻyinchi” deb ataladigan alohida pozitsiya bor. Agar siz “Real”ni tanlagan boʻlsangiz, bu joyda Ronaldu harakat qiladi va hech boʻlmaganda raqib darvozasiga bitta toʻp kiritadi. Real hayotda bir nechta mavsumda u Madrid superklubida aynan ushbu pozitsiyada harakat qildi.

Biroq Ronaldu endi bu jamoada emas, rahbariyat uning oʻrnini bosuvchi futbolchi uchun “tonnalab” pulni sarflashni xohlamadi. Balki uning oʻrnini bosuvchi futbolchini jamoadan topib qoʻya qoldi. Bunga ayna Garet Beyl juda mos keldi. Bir tomondan uelslik futbolchi qanotda xuddi shu ishni qilib kelardi. Boshqa tomondan esa uning jamoadagi roli tubdan oʻzgardi. Endi u Ronaldu va Benzema hujumlarini tashkil qilmaydi. U markazdan Modrich va Kroos uzatgan toʻplar bilan shugʻullanadi va ularni zarbaga aylantiradi. Beyl ayni damda Krishtianuning oʻtgan mavsumdagi oʻzginasi. Ronaldu ketganidan keyin u bu taktikaga oʻzganish uchun qattiq ter toʻkdi va hali ham harakat qilmoqda.Oldin u Ronaldu bor vaqtda oʻng qanotda koʻproq yugurgan boʻlsa, Lopetegi endi unga Isko va Asensio ishiga aralashishga ham ruxsat berdi.

3. Lopetegi oʻzgaruvchan futbol namoyish etmoqda

Birinchidan, Bu Lopetegi tajribali va kuchli futbolchilardan foydalanayotganligi bilan bogʻliq. Masalan, Marselo Madrid derbisida ishtirok etmadi. Uning oʻrniga chap qanotda markaziy himoya Nacho harakat qildi. Lopetegi shuningdek, Kazemironi markazdan teparoqqa chi qardi. Marselo deryali 35% jamoa hujumlarida ishtirok etmoqda. Oʻtgan mavsum Modrich hujum chizigʻida eng yaxshi futbolchilaridan biri boʻlgan edi, ammo endi yarim himoyachi oʻz joyiga qaytdi.

Ikkinchidan, Lopetegi davrida “Real” hujumi ham oʻzgardi. Oʻtgan mavsum Benzema yagona nominal hujumchi boʻlgan boʻlsa, murabbiy uni koʻp ham oʻzgartirishga harakt qilmadi. Lopetegi kelganidan keyin hujumchi qoʻshimcha vazifalarni oldi: endi u hujum tashkil qilinishida orqaroqqa qaytish ham kerak boʻlmoqda. BU oʻzi uchun ham vaziyatlar yaratilishi yordam beradi deb hisoblamoqda murabbiy. Bu uslubda u hattoki, Joze Mourino davrida ham oʻynamagan edi. Shuning uchun “Atletiko” bilan oʻyinga qadar Benzemaning yangi “pozitsiyada” toʻrt oʻyinda raqib darvozasiga birorta zarba bera olmaganidan hayratlanmasa ham boʻlaveradi.

***

Yangi “Real” – topishmoq. Klub asosiy yulduzlar, afsonaviy murabbiylar bilan xayrlashdi, ammo yomon boʻlmagan futbol namoyish qilishda davom etmoqda. Madrid derbisiga qadar ispan jurnalistlari “qirollik klubi”ni pozitsion kurashda va qarshi hujumlarda juda yomon oʻynaganliklarini qayd etishdi. “Atletiko” bilan boʻlgan oʻyin “Real”ning bu xatolarni qaysidir maʼnoada toʻgʻrilaganini koʻrsatdi, biroq YECHL guruh bosqichi 2-turida SSKA bilan boʻlgan oʻyindagi magʻlubiyat bir qator hal etilishi kerak boʻlgan muammolar borligini koʻrsatdi. Xulen Lopetegi klub bilan ishlamoqda va u hattoki Krishtianu Ronaldusiz ham oʻsishiga qattiq ishonmoqda.
Shahobiddin

Manba: Sports.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu va Zidansiz “Real”da qanday oʻzgarishlar yuz berdi?