20:05 / 28.10.2018
3 056

Roberto Martines «Real»da ish boshlashi mumkin

Roberto Martines «Real»da ish boshlashi mumkin
Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines «Real»da ish boshlashi mumkin. The Sunday Times nashri ma’lumotiga ko‘ra, «Qirollik klubi» rahbariyati Xulen Lopetegini iste’foga chiqarsa, aynan Martinesni uning o‘rniga olib kelishni rejalashtirgan.

OAVda agar «Real» bugun «Barselona»ga qarshi el-klasiko bahsida yutqazsa, murabbiy iste’foga chiqarilishi haqida yozilmoqda.

Martines Belgiya terma jamoasi bilan JCh-2018 turnirida bronza medallarga ega chiqqandi.

Lopetegi esa Ispaniya terma jamoasini JCh-2018 turniri arafasida tark etib, «Real» bosh murabbiyiga aylandi.

Mavsum startini muvaffaqiyatsiz o‘tkazgan «Real» ayni vaqtda La Liga turnir jadvalida sakkizinchi o‘ringa tushib qolgan. «Barselona»ga qarshi o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 20:15da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Roberto Martines «Real»da ish boshlashi mumkin