
“Yuventus” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Turin jamoasining 60 yillik rekordini takrorladi.
Portugaliyalik futbolchi “Yuventus” safidagi dastlabki 10 o‘yinda 7 golga mualliflik qilgan. Avvalroq bu rekord uelslik Jon Charlzga tegishli edi. Bu futbolchi ushbu natijasini 1957/58 mavsumda qayd etgan.
Bu natija faqatgina Italiya chempionati o‘yinlarida hisoblanadi.
Gonsalo Iguain, Karlos Teves va Filippo Indzagi ham ushbu rekordni takrorlashga yaqin kelishgan, ammo ular faqatgina “Yuventus” safidagi 10 uchrashuvda 6 gol bilan cheklanishgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar