Portugaliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Luish Figu futbol tarixidagi eng yaxshi hujumchilardan bo‘lgan Krishtianu Ronaldu va braziliyalik sobiq futbolchi Ronaldoning o‘yinini taqqosladi.
“Krishtianu juda ko‘p gol urishga qodir. Ikkala hujumchi ham yaxshi taassurot qoldiradi. Ular ko‘p gol kafolatlaydilar. Yagona qilinadigan ish – ularga pas yetkazib berishdir. Qolgan barchasini o‘zlari uddalaydilar. Biroq Ronaldo jarima maydonchasida yaxshiroq o‘ynagan, deb hisoblayman”, deb aytgan Figu va ikki futbolchidan braziliyalikni tanlagan bo‘lishini qo‘shimcha qilgan.
Figu o‘z vaqtida ikkala futbolchi bilan ham birga to‘p surgan. U “Real”da Ronaldo bilan, terma jamoada esa Ronaldu bilan birga o‘ynagan.
Ronaldo ham, Ronaldu ham Madridning “Real”ida to‘p surgan. Braziliyalik “qaymoqranglilar” bilan Ispaniya chempioni bo‘lgan, Braziliya terma jamoasi safida esa 1994 va 2002 yillarda jahon chempionatini yutgan.
Portugaliyalik “Real”da 2009 yildan boshlab to‘p surgan va klubning eng yaxshi to‘purariga aylangan. U klub tarkibida Chempionlar ligasini 4 marta yutishga muvaffaq bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Jasur Jaloliddinov: "Gol o‘tkazmayotganimizga sabab butun jamoaning mehnatkashligi"
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
“Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar