19:46 / 13.11.2018
3 392

«Real» Santyago Solarini doimiy bosh murabbiy etib tayinladi

«Real» Santyago Solarini doimiy bosh murabbiy etib tayinladi
«Real» rahbariyati oxirgi ikki haftadan buyon vaqtincha bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritib kelgan Santyago Solarini doimiy lavozimda qoldirish qaroriga kelgan. Bu haqda Reuters va Agence France-Presse axborot agentliklari xabar tarqatdi.

Ma’lum qilinishicha, madridliklar rahbariyati Ispaniya qirollik futbol federatsiyasiga ushbu tayinlov haqida bildirgi jo‘natgan.

«Hammasi joyida. «Real» shartnomani taqdim etdi, hech qanday muammo yo‘q», - deya tasdiqlagan AFP`ning federatsiyadagi manbasi.

Kelishuvning boshqa tafsilotlari hozircha oshkor qilinmayapti. Katta ehtimol bilan bitim mavsum yakuniga qadar muddatga imzolangan.

Ma’lumot uchun, «Real» Solari qo‘l ostidagi to‘rtta o‘yinning barchasida g‘alaba qozonib, umumiy 15:2 to‘plar nisbatini qayd etdi. U 1929 yildan keyin klub boshqaruviga kelgan barcha murabbiylardan yaxshiroq startni qayd eta oldi.

Eslatib o‘tamiz, argentinalik murabbiy 29 oktyabrdan buyon «Real» asosiy jamoasini shug‘ullantirib kelmoqda. U bunga qadar klubning yoshlar jamoasi «Kastilya»ga ustozlik qilayotgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Real» Santyago Solarini doimiy bosh murabbiy etib tayinladi