
OkDiario nashri direktori Eduardo Inda «Real»ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan faoliyatini qayerda davom ettirishi mumkinligi haqida ma’lumot berdi.
«Yaqingacha Zidanda ikki klubdan jiddiy taklif bor edi – «Manchester Yunayted» va «PSJ»dan. Parijliklar klubi taklifini nisbatan yaxshiroq variant edi, ular unga kart-blansh taqdim etishga tayyor.
Bir necha kun oldin Zidanga uchinchi taklif kelib tushgan – «Bavariya»dan. Keyingi mavsum uchun», – degan Inda El Chiringuito dasturi efirida.
Ayni vaqtda «Bavariya»da ahvol og‘irlashgan. Yangi mavsumni yangi bosh murabbiy Niko Kovach bilan boshlagan myunxenliklar jamoasi 11 turdan keyin 5-o‘rinda bormoqda, jamoa birinchi o‘rindagi «Borussiya» Dortmunddan 7 ochko ortda qolib ketgan.
2016 yilning yanvaridan 2018 yil iyunigacha Madrid klubini boshqargan Zinedin Zidan klubi bilan 3 marta ketma-ket Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘ldi va bir marta Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi. U o‘tgan mavsum so‘ngida faoliyatida tanaffus qilishga qaror qildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar