
13 yanvar, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 19-tur bahslari doirasida navbatdagi o‘yinlar bo‘lib o‘tadi.
Musobaqa jadvalida 3-pog‘onada borayotgan «Sevilya» jamoasi esa «Atletik Bilbao» maydoniga safar qiladi. O‘yinga 20:15 da start beriladi.
La Liga jadvalini boshqarib borayotgan Ernesto Valverde qo‘l ostidagi «Barselona» klubi «Kamp Nou» stadionida «Eybar» jamoasini sinovdan o‘tkazadi. To‘qnashuv 22:30 da boshlanishi belgilangan.
Shu kuni Santyago Solari boshqaruvidagi «Real Madrid» jamoasi mehmonda «Betis»ga qarshi jang qiladi. O‘yin tunggi vaqt bilan 00:45 da boshlanishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, «Qirollik klubi» La Liga jadvalida 5-o‘rinda bormoqda.
La Liga
19-tur bahslari
13 yanvar, yakshanba
«Atletik Bilbao»—«Sevilya» 20:15
«Barselona»—«Eybar» 22:30
«Betis»—«Real Madrid» 00:45 “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar