13:53 / 16.02.2019
4 388

«Paxtakor» va «Bunyodkor» uddalay olmagan vazifani OKMK bajara oladimi?

«Paxtakor» va «Bunyodkor» uddalay olmagan vazifani OKMK bajara oladimi?
19 fevral kuni OKMK Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqichiga chiqish uchun saralash pley-offida Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubi mehmoni bo‘ladi. Olmaliq klubi matbuot xizmati o‘yin oldidan O‘zbekiston klublarining Ar-Riyod shahri jamoasi bilan OChLdagi o‘zaro o‘yinlariga e’tibor qaratdi.

Statistikaga asosan, OChLda «Al-Nasr» bilan «Paxtakor» 2 marta, «Bunyodkor» 4 marta to‘qnash kelgan. Hozircha bu raqibga qarshi O‘zbekiston klublarining natijalari ijobiy emas: 6 o‘yinda 3 durang va 3 mag‘lubiyat, to‘plar nisbati 6-12.

«Bunyodkor»ning «Al-Nasr» bilan har ikki durang natijasi safarda va e’tiborli jihati fevral oyida qayd etilgan. 2015 yil 24 fevraldagi o‘yin 1:1, 2016 yil 23 fevraldagi uchrashuv esa 3:3 hisobi bilan tugagan. Yana bir e’tiborli jihati, har ikki o‘yinda ham hisobni dastlab «Bunyodkor» ochgan.

Demak, OKMK Chempionlar ligasidagi debyutida guruhdan chiqishi uchun bu salbiy an’anaga barham berishi kerak bo‘ladi.
O‘zbekiston klublarining OChL doirasida Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» jamoasi bilan qayd etgan natijalari:

Paxtakor – Al-Nasr 2:2 (1:0)
01.03.2011. 15000 tomoshabin.
Hakam: Minoru Tojo
Gollar: Karimov Sherzod, 45, Sharofetdinov Dilshod, 61 - Badr Al Mutva, 51, Miladinovich Boyan, 88-avtogol

Al-Nasr – Paxtakor (O‘zbekiston) - 4:0 (2:0)
04.05.2011. 4034 tomoshabin.
Gollar: Saud Xamoud Hassan, 8, Badr Al Mutva, 24, 65, Muxammad Al-Saxlavi, 61

Al-Nasr – Bunyodkor 1:1 (0:1)
24.02.2015. 23664 tomoshabin.
Hakam: Muhammad Taki (Singapur)
Gollar: Fabian Estoyanoff, 51 - O‘rinboyev Zabixillo, 14.

Bunyodkor – Al-Nasr 0:1 (0:1)
22.04.2015. 3153 tomoshabin.
Hakam: Li Kvok Mang (Gonkong)
Gol: Adrian Merjezevski, 33.
Chetlatish: G‘ofurov Anvar, 71.

Al-Nasr – Bunyodkor - 3:3 (1:2)
23.02.2016. 11138 tomoshabin.
Hakam: Ko Xyung Jin (J.Koreya)
Gollar: Merzejevski, 45+1-pen., Yahyo Elshehri, 79, Hussayn Sulaymani, 85 - Hamdamov Dostonbek, 3, 76, Zuagi Shaker, 33.

Bunyodkor – Al-Nasr 0:1 (0:1)
01.03.2016. 8027 tomoshabin.
Hakam: Moxd Amirul Izvan Bin Yakub (Malayziya)
Gol: Modibo Maiga, 36.

19 fevraldagi «Al-Nasr»-«OKMK» o‘yini g‘olibi «A» guruhidan joy oladi. Birinchi to‘rtlikda «Al-Vasl» (BAA) va «Al-Zavra» (Iroq) klublari bor. Seshanba kungi «Al-G‘arafa» (Qatar) – «Zobahan» (Eron) juftligi kuchliroq chiqqan jamoa ham «A» kvartetiga tushadi.

Ar-Riyod shahri jamoasi Saudiya Arabiston Pro-ligasida 20-turdan keyin 2-o‘rinda bormoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Paxtakor» va «Bunyodkor» uddalay olmagan vazifani OKMK bajara oladimi?