
16 fevral, shanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 24-turi doirasida 4 ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
So‘nggi turda «Real Madrid»ga mag‘lub bo‘lib (1:3) jadvalda 1 pog‘ona pastlagan Diyego Simeone boshliq «Atletiko Madrid» klubi safarda «Rayo Valekano» jamoasi bilan bahsga kirishadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 20:15 da boshlanadi.
Shu kuni Leo Messi yetakchiligidagi Kataloniyaning «Barselona» klubi «Kamp Nou» stadionida «Valyadolid»ni sinovdan o‘tkazadi. Bellashuvga tungi vaqt bilan soat 00:45 da start beriladi.
17 fevral, yakshanba kunining dastlabki uchrashuvi «Santyago Bernabeu» stadionida bo‘lib o‘tadi. Unda 45 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 2-o‘rinda borayotgan Madridning «Real» klubi «Jirona» bilan kurash olib boradi. Bahs 16:00 da boshlanishi belgilangan.
Musobaqa jadvalida kuchli to‘rtlikdan o‘rin olgan Pablo Machin boshqaruvidagi «Sevilya» jamoasi «Vilyarreal» mehmoni bo‘ladi. To‘qnashuv 22:30 da boshlanadi.
23-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

La Liga
24-tur bahslari
15 fevral, juma
«Eybar»—«Xetafe» 2:2
Gollar: 0:1 — 37 Mata, 0:2 — 52 Fulke, 1:2 — 67 Sharles 2:2 — 80 Sharles.
16 fevral, shanba
«Selta»—«Levante» 1:4
Gollar: 0:1 - 20' Morales, 0:2 - Koke 40', 0:3 - Morales 62', 1:3 - Mendes 88', 1:4 - Mayoral 89'.
«Rayo Valekano»—«Atletiko Madrid» 20:15
«Real Sosedad»—«Leganes» 22:30
«Barselona»—«Valyadolid» 00:45
17 fevral, yakshanba
«Real Madrid»—«Jirona» 16:00
«Valensiya»—«Espanol» 20:15
«Vilyarreal»—«Sevilya» 22:30
«Betis»—«Alaves» 00:45
18 fevral, dushanba
«Ueska»—«Atletik Bilbao» 01:00 “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar