Garet Beyl «Real»ni yozgi transferlar vaqtida tark etishi mumkin. Ispanlar klubi Vinisius va Lukas Vaskesga raqobatda yutqazayotgan uelslik 29 yoshli futbolchisini sotishga tayyor deb yozadi Kun.uz nashri.
Qayd etish kerakki, futbolchi o‘tgan yil yozidayoq klubni tark etishga tayyor edi, ammo klub rahbariyati uni qolishga ko‘ndirgandi.
Ayni vaqtda Beylga «Chelsi», «Manchester Yunayted» va «Tottenhem» klublari asosiy talabgorlar bo‘lib turishibdi.
Londonliklar klubi «Real» da’vogarlik qilayotgan daniyalik yarimhimoyachisi Kristian Eriksen evaziga sobiq futbolchisini qaytarish variantiga qarshi emasligi aytilmoqda. «Chelsi»ga esa Beyl Eden Azar o‘rniga yo‘l olishi mumkin.
Garet Beyl joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida «Real» uchun 30 uchrashuvda maydonga tushgan va 12 gol urib, 5 golga uzatma bergan.
«Real» Beylni 2013 yil yozida 101 million yevro evaziga «Tottenhem»dan o‘z safiga qo‘shib olgan va bu rekord darajadagi transfer bo‘lgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi