
Madridning “Real” klubi himoyachisi Serxio Ramos jamosini oʻzgartirish haqida oʻylamoqda.
Agar 32 yoshli futbolchi va klub prezidenti Florentino Peres oʻrtasidagi kelishmovchilik yaqin oylarda bartaraf etilmasa, u boshqa jamoaga oʻtib ketadi. Uning yangi jamoasi esa “Milan” boʻlishi mumkin. Ispaniyalik futbolchi oʻzining bolalikdagi kumiri hisoblangan Paolo Maldini sabab aynan “rossonerilar” taklifini qabul qilishi mumkin.
Maʼlumot uchun, Ramos “Real” safida 2005 yildan buyon toʻp surib kelmoqda. U oʻtgan davr mobaynida “qirollik klubi” safida jami 603 ta oʻyinda ishtirok etdi va oʻz hisobiga 84 ta gol hamda 39 ta golli uzatma yozdirib qoʻyishga erishgan. Uning transfer narxi esa 30 mln yevroga baholanmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar