09:34 / 11.03.2019
3 721

“Real” safarda “Valyadolid” ustidan 4:1 hisobida gʻalabaga erishdi (video)

“Real” safarda “Valyadolid” ustidan 4:1 hisobida gʻalabaga erishdi (video)
Ispaniya chempionatining 27-turidan oʻrin olgan “Valyadolid” – “Real” uchrashuvi oʻz nihoyasiga yetdi. “Xose Sorrilya” stadionida boʻlib oʻtgan bahsda mehmonlar yirik hisobdagi gʻalabani qoʻlga kiritishdi.

Uchrashuv mezbonlarning hujumlari ostida boshlandi, 12-daqiqada maydon egalari penalti ishlab olishdi. Biroq uni Ruben Alkaras golga aylantira olmadi. Shundan soʻng ham “Valyadolid” futbolchilari shashtni pasaytirmay oldinga oʻtishdi va ikki bor madridliklar darvozasini ishgʻol qilishdi. Biroq ularning ikkisida ham ofsayd borligi aniqlandi.

Taʼkidlash joiz, ketma-ket magʻlubiyatlar qabul qilib olgan “Real” futbolchilari darvozaga uyushtirilgan har bir hujum gollik vaziyat bilan yakunlanaverdi. Mezbonlarning urinishlari 29-daqiqaga kelib oʻz samarasini berdi. Oʻng qanotdan uzatib berilgan toʻpni sherigigidan qabul qilib olgan Anuar boʻsh qolgan darvozani ishgʻol qildi.

Bu goldan keyin mezbonlar tempni biroz pasaytirishdi va buning uchun jazolanishdi. 34-daqiqada mehmonlar standart vaziyatni golga aylantirishdi, burchakdan uzatma boʻlgach raqib jarima maydonida palapartishlik yuzaga keldi, bundan unumli foydalangan Rafael Varan muvozanatni tikladi.

Ikkinchi boʻlim ham mezbonlarning hujumlari bilan boshlandi, biroq qaymoqranglilar taym debyutida penalti ishlab olishdi. Jarima maydoniga yorib kirgan Alvaro Odriosola qoʻpollik bilan toʻxtatildi. 11 metrlik jarima zarbasini Karim Benzema aniq bajardi.

Bu goldan soʻng madridliklarning kayfiyatlari koʻtarilib ketdi va ular raqib darvozasi oldida bosimni yuzaga keltirishdi. 59-daqiqada “Real” futbolchilari yana bir standart vaziyatdan unumli foydalanishdi, Toni Kroos tomonidan burchakdan uzatilgan toʻpni Benzema boshi bilan darvozaga joylab qoʻydi.

80-daqiqada madridliklar kamchilik boʻlib qolishdi, Kazemiro ikkinchi sariq kartochkasini olib maydondan chetlatildi. Bu holat mezbonlarni jonlantirish oʻrniga mehmonlarga foyda berdi. 85-daqiqada Luka Modrich jamoasining qarshi hujumini gol bilan yakunladi.

Shu tariqa, “Real” ochkolarini 51 taga yetkazib oldi va turnir jadvalida uchinchi oʻrinda bormoqda. “Valyadolid”(26) 16-oʻrinda qoldi.

La Liga, 27-tur
Valyadolid – Real Madrid 1:4 (1:1, 0:3)
Gollar:
1:0 – 29 Anuar, 1:1 – 34 Varan, 1:2 – 51, penalti Benzema, 1:3 – 59 Benzema, 1:4 – 85 Modrich.
Valyadolid – Masip, Kalero, Antonito, Martines, Xoakin Fernandes, Anuar (Verde, 63), Michel, Keko (Chop, 73), Alkaras, Plano (Unal, 86), Serxi Gvardiola.
Real Madrid – Kurtua, Varan (Valyexo, 88), Regilon (Marselo, 89), Nacho, Odriosola, Modrich, Sebalos, Kroos (Valverde, 74), Kazemiro, Asensio, Benzema.
Ogohlantirishlar: Odriosola (12), Regilon (45), Martines (61), Kurtua (64), Kazemiro (69).
Chetlatish: Kazemiro (80).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Real” safarda “Valyadolid” ustidan 4:1 hisobida gʻalabaga erishdi (video)