“Real” yozda hujumchi Garet Beyl bilan xayrlashadi.
AS nashri maʼlumotiga koʻra, “qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres va bosh murabbiy Zinedin Zidan kelishgan holda uelslik hujumchini sotib yuborishga qaror qilishgan. Qoʻshimcha qilinishicha, bu qaror Garetning mavsum oxiriga qadar qanday oʻyin koʻrsatishidan qatʼi nazar oʻzgarmay qoladi.
Taʼkidlanishicha, “Real” Beyl transferidan iloji boricha koʻproq pul ishlab olmoqchi va bu mablagʻlar klubni kuchaytirish uchun boshqa oʻyinchilarni xarid qilishga yoʻnaltiriladi. Shu bilan birga, hozircha hujumchi ham, uning agenti ham klubdan bu haqda ogohlantirish olmagan.
29 yoshli Garet Beyl Madrid klubiga 2013 yili “Tottenhem”dan 101 mln yevro evaziga kelib qoʻshilgandi. U bu mavsum La Liganing 22ta oʻyinida qatnashib, 8ta gol urdi va 2ta golga uzatma berdi. Uning shartnomasi 2022 yilgacha moʻljallangan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
«Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi