Zinedin Zidanning “Real” boshqaruviga qaytishi himoyachi Marseloni klubdagi kelajagi boʻyicha qarorini oʻzgartirishga undadi deb yozadi Kun.uz nashri.
AS maʼlumotiga koʻra, braziliyalik futbolchi Madriddan ketish fikridan voz kechgan. Nashrga ushbu maʼlumotni Marseloga yaqin kishilar tasdiqlashgan. U sobiq bosh murabbiy Santyago Solari bilan yaxshi chiqishib keta olmagan va shu boisdan sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronalduning klubi “Yuventus”ga oʻtib ketish haqida oʻylayotgandi.
Qayd etilishicha, Zidan Marselo bilan bafurja gaplashib olgan va uni oʻz loyihasida muhim figurant sifatida koʻrayotganini bildirgan.
Maʼlumot uchun, 30 yoshli futbolchi 2007 yildan buyon “qaymoqranglilar” tarkibida oʻynab keladi. Bu mavsum u barcha musobaqalar doirasida 26 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urdi va 5 ta golga uzatma berdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"