
“Real” “Manchester Yunayted” yarimhimoyachisi Pol Pogbaga asosiy transfer maqsadlaridan biri sifatida qaramoqda.
The Sun maʼlumotiga koʻra, Madrid klubi 26 yoshli xavbek uchun 125 mln funt qiymatidagi taklif tayyorlamoqda. Avvalroq “qaymoqranglilar” bosh murabbiyi Zinedin Zidan oʻz hamyurtini jamoasida koʻrishni istayotgani xabar qilingandi.
Pogbaning “qizil iblislar” bilan bitimi 2021 yil 30 iyungacha moʻljallangan. U ushbu klubda 2016 yildan buyon oʻynab keladi, jamoa tarkibida bir marta Yevropa Ligasida gʻolib chiqdi.
Pol bu mavsum “MYU”ning 37ta oʻyinida qatnashib, 14+10 mahsuldorlik koʻrsatkichiga erishgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar