
Ispaniya chempionatining 29-turidan oʻrin olgan “Real” – “Ueska” uchrashuvi oʻz nihoyasiga yetdi. “Santyago Bernabeu”da boʻlib oʻtgan oʻyinda mezbonlar irodali gʻalabani qoʻlga kiritishdi.
Uchrashuvning 3-daqiqasidayoq mehmonlar Ernandesning golidan soʻng oldinga oʻtib olishdi. 25-daqiqada Isko jamoasining chiroyli kombinatsiyasini aniq zarba bilan yakunladi.
62-daqiqada Dani Sebalos Karim Benzema tomonidan uzatilgan toʻpni darvozaga toʻgʻirlab yubordi. 74-daqiqada “Ueska” futbolchilari yana gol urishdi.
Barchasi durangga qarab ketayotgan paytda Benzema chiroyli zarba bilan jamoasiga gʻalaba keltirgan golga muallif boʻldi.
Shu tariqa, “Real” ochkolarini 57 taga yetkazib olgan holda uchinchi oʻrinda ketmoqda. “Ueska” (22) esa soʻnggi pogʻonada qoldi.
La Liga, 29-tur
Real Madrid – Ueska 3:2 (1:1, 2:1)
Gollar: 0:1 – 3 Ernandes, 1:1 – 25 Isko, 2:1 – 62 Sebalos, 2:2 – 74 Echeyta, 3:2 – 89 Benzema.
Real Madrid – Zidan, Odriosola, Ramos, Marselo, Nacho, Lorente (Dias, 79), Isko (Valverde, 75), Braim Dias (Vaskes, 64), Sebalos, Beyl, Benzema.
Ueska – Santamariya, Pulido, Mantovani, Echeyta, Galan, Gomes, Errera, Musto, Rivera (Anor, 78), Avila (Galyego, 63), Ernandes (Aleks Galyar, 82).
Ogohlantirishlar: Pulido (48), Musto (51), Nacho (66), Mantovani (90). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar