Ispaniya chempionatining 30-turidan o‘rin olgan "Valensiya" – "Real" uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. “Mestalya” stadinida bo‘lib o‘tgan o‘yinda mezbonlar ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
O‘yin teng kurashlar ostida boshlandi, biroq birinchi bo‘lib gol urish mezbonlarga nasib etdi. 35-daqiqada “Valensiya” futbolchilari standard vaziyatdan so‘ng yuzaga kelgan xavfli hujumni gol bilan yakunlashdi.
Jarima maydoni chizig‘i yonida to‘pni qabul qilib olgan Gonsalu Gedesh kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi. Ushbu goldan so‘ng madridliklar faollikni oshirishdi, biroq maydon egalarining himoyasini yorib o‘tish ularga nasib etmadi.
83-daqiqada Esikel Garay burchakdan uzatilgan to‘pni boshi bilan darvozaga yo‘llab, jamoasining ikkinchi golini urdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Karim Benzema hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa, “Valensiya” ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolarini 46taga yetkazib olgan holda beshinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi, “Real” (57) esa uchinchi o‘rinda bormoqda.
Valensiya – Real Madrid 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 35 Gedesh, 2:0 – 83 Garay, 2:1 – 90+3 Benzema.
Valensiya – Neto, Gayya, Garay, Diakabi, Gedesh (Cherыshev, 73), Vass, Soler (Ferran Torres, 80), Parexo, Kondogbia, Rodrigo, Gameyro (Santi Mina, 85).
Real Madrid – Navas, Marselo, Ramos, Varan, Odriosola, Kroos (Isko, 64), Kazemiro, Asensio (Beyl, 64), Modrich, Vaskes (Dias, 78), Benzema.
Ogohlantirishlar: Vass (5), Odriosola (64), Parexo (65), Marselo (76). “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global Janub kimniki?
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi