22:39 / 28.04.2019
2 687

«Chelsi» mehmonda «MYu»ga yutqazmadi va 4-o‘rinda qoldi

«Chelsi» mehmonda «MYu»ga yutqazmadi va 4-o‘rinda qoldi
«Old Trafford»da Angliya Premer-Ligasi 36-turining oxirgi o‘yini bo‘lib o‘tdi. O‘z maydonida Londonning «Chelsi» klubini qabul qilgan «MYu» 1:1 hisobida durang o‘ynab, Chempionlar Ligasiga yo‘llanma beradigan «kuchli to‘rtlik»ga kirish uchun imkoniyatlarini pasaytirib yubordi.

Har ikki jamoa safida ispaniyalik futbolchilar gol urishdi. 11-daqiqada Xuan Mata manchesterliklarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 43-daqiqada David De Xeaning xatosidan foydalangan Markus Alonso muvozanatni tikladi.

Bu durangdan so‘ng «Chelsi» okolari sonini 68 taga yetkazib, 4-o‘rinda qoldi. «MYu» 65 ochko bilan 6-o‘rinda qoldi va bugun «Lester»ga yutqazgan «Arsenal»ni quvib o‘tish imkoniyatidan foydalana olmadi. Sulsher jamoasi bugun kattaroq hisobda g‘alaba qozonsa, «Chelsi»ni ortda qoldirib, 4-o‘ringa ko‘tarilishi ham mumkin edi.

Manchester Yunayted – Chelsi 1:1
Golы:
Mata (11) – Alonso (43).
Manchester Yunayted: De Xea, Lindelyof, Bayi (Roxo, 71), Yang, Shou, Pogba, Matich, Mata (Maktominay, 81), Errera, Reshford (Sanches, 65), Lukaku.
Chelsi: Arrisabalaga, David Luiz, Alonso, Ryudiger (Kristensen, 65), Aspilikueta, Kante, Kovachich (Loftus-Chik, 76), Azar, Jorjino, Villian (Pedro, 84), Iguain.
Ogohlantirishlar: Errera (43), Villian (52), Kovachich (53), Roxo (80).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Chelsi» mehmonda «MYu»ga yutqazmadi va 4-o‘rinda qoldi