date

Ronaldu: "Madriddagilar "Real"ga qaytishimni istashmoqda"

Ronaldu: "Madriddagilar "Real"ga qaytishimni istashmoqda"
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduning so‘zlariga ko‘ra, "Real"ning ko‘plab muxlislari uni Madrid klubiga qaytishini xohlashmoqda.
"Ispaniyaliklar menga yaxshi munosabatda bo‘lishgan. Buni unutmayman. Hayotim - ochiq kitob. Madriddagilar meni yaxshi ko‘rishadi. "Real" muxlislari klubga borimni berganimni bilishadi. Odamlar meni ko‘chada to‘xtatib, "Real"ga qaytishim kerakligini aytishyapti. Buni eshitish yoqimli.

Meni keksa futbolchiga chiqarib qo‘yganlar ham bor. Ammo hammani hayron qoldirmoqchiman. Ular meni hech qachon muammosi bo‘lmaydigan va puldan siqilmaydigan odam sifatida ko‘rishadi. Ba’zilarning fikricha, pul hamma narsani hal qiladi. Odamlarning o‘ylashicha, puli borlarda muammo bo‘lmaydi. Ular penaltidan gol ura olmasligimni yoki yomon o‘ynashimni kutishadi. Bu hayot va men unga tayyorman" - deydi Ronaldu.

Manba: championat.asia
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu: "Madriddagilar "Real"ga qaytishimni istashmoqda"