08:10 / 09.06.2019
2 471

Konte "Real"ning 3 nafar futbolchisini "Inter"ga olib kelmoqchi

Konte "Real"ning 3 nafar futbolchisini "Inter"ga olib kelmoqchi
Yaqindagina "Inter" boshqaruvini o‘z qo‘liga olgan Antonio Konte klub rahbariyatiga transfer rejalarini ma’lum qildi.

CalcioMercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra italiyalik mutaxassis “neradzurrilar” safida “Real” Madridnng 3 nafar futbolchisi – Nacho (himoyachi), Mateo Kovachich (yarim himoyachi) va Marko Asensioni (vinger) ko‘rmoqchi.

Ta’kidlash kerakki, "qirollik klubi" Nacho va Kovachichni transferga qo‘ygani haqida xabar berilgan edi. Biroq, madridliklar ustozi Zinedin Zidan Asensioni qo‘yib yuborishi amri mahol.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Inter” “Tottenxem” xavbeki Kristian Eriksen hamda “Manchester Yunayted” forvardi Romelu Lukaku bilan ham muzokaralar olib borayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, "Inter" ortda qolgan mavsumda A Seriyani 4-o‘rinda yakunladi. Shu bois milanliklar yangi mavsumda YeChLda ishtirok etishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Konte "Real"ning 3 nafar futbolchisini "Inter"ga olib kelmoqchi