Ronalduning Portugaliyadagi haykaliga «Messi 10» deb yozib ketishdi

Madridning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduning ona shahri hisoblangan Portugaliyadagi Funshal shahrida futbolchiga bag‘ishlab o‘rnatilgan haykal vandallar tomonidan bo‘yab ketilgan, deb malum qilmoqda Kun.uz nashri.
AS nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, 12 yanvar kuni kechasi, «Barselona» futbolchisi Lionel Messi beshinchi marta «Oltin to‘p» mukofotini qo‘lga kiritgan kundan bir kun o‘tib, portugaliyalik futbolchining haykali orqasiga «Messi 10» tasvirini tushirib ketishgan. Shuningdek mazkur haykaltaroshlik asarining aksar qismi qizil bo‘yoqlar bilan chaplab ketilgan.
Eslatib o‘tamiz, Funshaldagi Ronalduning haykali 2014 yilning 21 dekabrida «Real»ning klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidagi g‘alabasidan keyin ochilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing