
"Real" Madrid klubi prezidenti Florentino Peres jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidanga iltimos bilan murojaat qildi.
The Independent nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Peres fransiyalik mutaxassisdan Garet Beylga nisbatan munosabatini o‘zgartirishni so‘ragan.
Gap shundaki, Zidan 30 yoshli uelslik futbolchini yangi mavsum rejalariga kiritmayapti, o‘z navbatida “qirollik klubi”ga esa uning transferi bo‘yicha takliflar ham kelib tushmayapti. Shu bois Peres Zidandan Beylga yana bir mavsum imkon berishni so‘ramoqda.
Ma’lumot uchun, Beylning “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan. Uning yillik maoshi esa 17 mln yevroni tashkil etadi va u jamoadagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchi hisoblanadi.
Peres ZidandanReal MadridZinedin ZidangGaret BeylFutbolchiTransfer takliflari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar