Germaniya Superkubogida «Borussiya»ning qo‘li baland keldi

Germaniya Superkubogida «Borussiya»ning qo‘li baland keldi
Dortmundning «Borussiya» klubi Myunxenning «Bavariya» jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etib, Germaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi.

«Signal Iduna Park»da kechgan o‘yinning ikkinchi bo‘limi boshida Pako Alkaser hisobni ochdi, unga Jeydon Sancho hammualliflik qildi. 69-daqiqada Sanchoning o‘zi «arilar»ning ikkinchi golini urdi, unga Rafael Gerreyru golli uzatma berdi.

Shu tariqa, «Borussiya» 6-marta Germaniya Superkubogida g‘alaba qozondi, bu borada faqat «Bavariya» dortmundliklardan ustunroq (7 marta).
Germaniya Superkubogida «Borussiya»ning qo‘li baland keldi
Germaniya chempionatining yangi mavsumini «Bavariya» 16 avgust kuni «Herta»ga qarshi o‘yin bilan boshlaydi, «Borussiya» 17 avgustda «Augsburg»ni qabul qiladi.

Germaniya Superkubogi
Borussiya D – Bavariya 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar:
1:0 – 48 Pako Alkaser, 2:0 – 69 Sancho.
Borussiya D – Xits, Pishchek (Volf, 80), Toprak, Akanji, Shuls, Vitsel, Gerreyru (Hakimi, 75), Sancho (Bruun Larsen, 81), Vaygl, Roys, Pako Alkaser.
Bavariya – Noyer, Kimmix, Zyule, Alaba (Sanshesh, 70), Boateng, Alkantara (Pavar, 80), Tolisso, Goretska, Koman, Myuller (Devis, 66), Levandovski.
Ogohlantirishlar: Levandovski (59), Kimmix (77).
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar