Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan La Liganing 9-turida safarda “Malorka”ga (0:1) uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi.
“Biz uchrashuv avvalini juda yomon boshladik. Birinchi bo‘lim so‘nggi esa biz istagandek kechdi. Ikkinchi bo‘limni yaxshi boshlasakda, vaziyatlarimizni samarali yakunlay olmadik. Oldinga intilishda davom etamiz, mavsum davomida hali ko‘plab o‘yinlar bor va ular biz uchun muhim.
Bizga qarshi juda yaxshi tayyorgarlikka ega jamoa maydonga tushdi. Ular bunday o‘yinlari bilan so‘nggi pog‘onalarda yurishga loyiq emas. Bu bizga qimmatga tushdi. Maydonda ustunlik qildik, biroq ko‘p imkoniyatlar yarata olmadik. Muammo shundaki, jamoamiz har uch kunda o‘zining qanday kuchga ega ekanligini namoyish etishi lozim. Joriy mavsumda nimadir yutishni istasak, bizga barqarorlik lozim bo‘ladi.
Yo‘qotishlar – bu bahona emas. Hamma o‘yinchilarimiz ham jarohat olgani yo‘q. Maydonga tushayotgan har bir futbolchi “Real” o‘yinchisi ekanligini his qilishi va buni isbotlashi shart”, dedi qirollik klubi ustozi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»