
Foto: «Match TV»
Aralash jang ustasi Habib Nurmagomedov futbol yulduzi, «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronalduga maslahat berdi, deb yozmoqda «Argumenti.ru».
Maslahat mazmuni shundan iboratki, obro‘ning borida sportdan ketish kerak.
Habib Krishtianu bilan anchadan beri do‘st, u to‘qqiz yil to‘p surgan «Real Madrid»ga ishqibozlik qiladi. Nurmagomedovning fikricha, qaysi sport turi bo‘lishidan qat’i nazar, vaqtida ketgan ma’qul.
«Unga va o‘zimga maslahatim — vaqtida yig‘ishtirish kerak», — dedi Nurmagomedov. Aytishicha, uning o‘zi ajoyib formada.
Eslatib o‘tamiz, ilgari Habib Nurmagomedov sportdagi faoliyatini yana ikkita jangdan keyin bas qilishini ma’lum qilgandi.
Habib NurmagomedovKrishtianu RonaldoYuventusReal MadridJang UstasiSport Maslahati O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar