"Barselona" "el-klasiko"dagi holat uchun jazolandi

"Barselona" "el-klasiko"dagi holat uchun jazolandi
Ispaniya futbol federatsiyasi qo‘mitasi “Real”ga (0:0) qarshi o‘yinda sodir bo‘lgan holat uchun “Barselona”ni jazoladi.
Eslatib o‘tamiz, “Kamp Nou”dagi o‘yinning 55-daqiqasida muxlislar shishirilgan sharlarni maydonga uloqtirishdi va natijada o‘yinda qisqa to‘xtalish yuz berdi.

Yuqoridagi holat uchun “Barselona” jiddiy ogohlantirildi va 1500 yevro jarimaga tortildi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar