07:30 / 29.12.2019
2 810

«Real» rahbariyati Zidanning iltimosiga rad javobini berdi

«Real» rahbariyati Zidanning iltimosiga rad javobini berdi
Foto: Twitter
«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Pol Pogbaning «Real»ga transferi amalga oshmasligi mumkin.
Madridliklar klubi rahbariyati Pogbani o‘z jamoasida ko‘rishni istayotgan «Real» ustozi Zinedin Zidanning iltimosiga rad javobini bergan, deya xabar qilmoqda AS.

Nashr versiyasiga ko‘ra, rahbariyat Zidanga jamoaning 21 yoshli futbolchisi Federiko Valverdega e’tibor qaratishni maslahat bergan. Buning ustiga Pogbaning mankunianlar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilda o‘z yakuniga yetadi va «Manchester Yunayted» fransiyalik futbolchini 150 million yevrodan kamiga sotmoqchi emas. O‘z navbatida buncha miqdorda pul sarf qilish «Real» rahbarlariga xush kelmayapti.

Pogba Angliya Premer Ligasining 2019/20 yilgi mavsumida olti o‘yin o‘tkazdi va birorta ham samarali harakatni amalga oshirmadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Real» rahbariyati Zidanning iltimosiga rad javobini berdi