22:53 / 04.01.2020
2 627

La Liga. «Real» g‘alabasiz seriyasiga nuqta qo‘ydi va 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi

La Liga. «Real» g‘alabasiz seriyasiga nuqta qo‘ydi va 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi
Ispaniya La Ligasining 19-turida «Real» safarda «Xetafe»ga qarshi bahs yuritib, yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Soriya (avtogol), Varan va Modrich tomonidan urilgan gollar «qirollik klubi»ning duranglar seriyasiga chek qo‘ydi. Eslatib o‘tamiz, «Real» bungacha qatorasiga 3ta durang qayd etgandi.

G‘alabadan so‘ng Zinedin Zidan shogirdlari ochkolarini 40taga yetkazib, 1-o‘ringa ko‘tarilib olishdi. «Xetafe» esa 30 ochko bilan 7-o‘ringa tushib ketdi.

Xetafe – Real 0:3
Gollar:
Soriya (34, avtogol), Varan (53), Modrich (90+6).
Xetafe: Soriya, Kukurelya, Jene, Kabrera, Nom (Dediu, 81), Arambarri, Maksimovich, Fajr (Molina, 60), Suares, Anxel Rodriges, Mata (Portilo, 80).
Real: Kurtua, Militao, Mendi, Karvaxal, Varan, Kazemiro, Kroos (Valverde, 71), Isko (Vinisius, 71), Modrich, Beyl, Benzema (Yovich, 81).
Ogohlantirishlar: Nom (34), Suares (39), Yovich (82), Mendi (90+5), Portilo (90+5).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » La Liga. «Real» g‘alabasiz seriyasiga nuqta qo‘ydi va 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi