16:45 / 20.02.2020
4 845

Messining Ronaldu haqidagi fikrlari...

Messining Ronaldu haqidagi fikrlari...
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi "Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu borasida juda yaxshi fikrlarini bildirdi.

- Ronaldu ketib, "Real" ko‘p narsa yo‘qotdimi?
- Ular ko‘plab gollarni yo‘qotishdi. Bunday bo‘lishi ma’lum ham edi. Ronaldu nafaqat gol uradi, balki jamoaga yana ko‘p narsa bera oladi.
Endi ular xohlashadimi yoki yo‘q, bir mavsumda 50 ta gol uradigan futbolchi endi jamoada bo‘lmaydi.
"Real"da ko‘plab yaxshi futbolchilar bor, ammo Ronaldu bir mavsumda 50 ta gol urardi.

- Ronalduning hozirgi o‘yinlari haqida nima deya olasiz?
- U gollar urishda davom etyapti, bu yaxshi holat. U "yirtqich" hujumchi, u gollar urishni yoqtiradi. U doim o‘ynaganida gollar uradi. Hujumchi sifatida Ronaldu juda kuchli hislatlarga ega. Hech bo‘lmaganda, u o‘z o‘yinini o‘zgartira oladi, - dedi Messi.

Eslatib o‘tamiz, 35 yoshli portugaliyalik hujumchi A Seriyaning joriy mavsumida 20 ta bahs o‘tkazib, 20 ta gol urishga erishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messining Ronaldu haqidagi fikrlari...