16:40 / 01.03.2020
2 542

Davron Fayziyev nega "Real"ni boltaga, "Barselona"ni arraga qiyosladi?

Davron Fayziyev nega "Real"ni boltaga, "Barselona"ni arraga qiyosladi?
Bugun Ispaniyada turning markaziy to‘qnashuvi. Ammo uchrashuvning qamrovi butun dunyoga yoyiladi. Ushbu muhim o‘yin oldidan taniqli sharhlovchi Davron Fayziyev telegramdagi o‘zining sahifasida quyidagi fikrlarni yozib qoldirdi.

- “Urre urishamiz!” (s)
Bu sarlavha Ronaldu-Messi erasidan ham ko‘proq Pepe-Suares kabi ishkalchilar davriga mos tushardi. Hozir bormi shunday batllar? Menimcha yo‘q. Ramos Messiga o‘z hurmatini izhor qildi. Bu degani sardorlar nayranglarsiz jang haqida sulh tuzishdi. Janjal, to‘polon, ur-yiqit klasikolar endi o‘tmishda.

Toza o‘yin, haqiqiy futbol trendda. Juda unchalik birinchi davradagidek nollar ham shart emas. Shunchaki futbolga aloqasi yo‘q bo‘lgan ko‘ngil xiraliklardan iborat klasikolar sal bezdirgan. Mana, VAR bor. O‘sha uchta harfli moslama hal qilsin bahsli vaziyatlarni.

Uchrashuv tugagach ijtimoiy tarmoqlarda “urre urishamiz” emas, ....chilarning mag‘lubiyatni chiroyli tan olishiga guvoh bo‘lamiz. Klopp aytdi-ku tan olish erkakning ishi.

Uslublar mavzusi qiziq. Qiyoslash uchun o‘tin maydalashni olsak.
"Real Madrid" bu masalada boltani afzal ko‘radi. Kuch va masofani to‘g‘ri taqsimlaydi. Aniq zarbalar bilan uradi.
"Barselona" arra bilan ishlaydi. Tizimli, intensiv xarakatlar bilan bir maromida ishni bajaradi.

O‘yin borasida. Bu chempionlik o‘yini. Titul poygasidagi eng keskin burilish. Kim nechta yutgan, qancha gol urgan, jadval qay ahvolda, raqamlar... mendan yaxshi bilasiz bularni. Qolaversa sharhda hammasini eshitasiz. Bu o‘yin anonsi uchun ikki og‘iz gap yetarli - bugun El Klasiko!!
, - dedi Davron Fayziyev.

Eslatib o‘tamiz, "El Klasiko" bugun Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Davron Fayziyev nega "Real"ni boltaga, "Barselona"ni arraga qiyosladi?