
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan Ispaniya chempionatining 26-turi doirasidagi "Barselona"ga qarshi o‘yindan oldingi fikrlari bil o‘rtoqlashdi.
"Miya, yurak va birdamlik. Bu "Real"ning formulasi. Bizda juda katta ishtiyoq bor. Oldimizda ajoyib bahs bizni kutib turibdi. Chiroyli futbol ko‘rsatishimiz uchun qulay imkoniyat bor. G‘alaba uchun borimizni beramiz.
Bunday raqiblarga qarshi o‘yinlarda barcha qiyinchiliklarni yengib o‘tish kerak. "Manchester Siti"ga qarshi o‘ynagan 78 daqiqalik vaqtimizni bugun ham ko‘rsata olishimiz lozim. "Real" uchun har bir bahs muhim. Uch ochko uchun o‘ynaymiz. Bu boshqa o‘yinlardan doimo ajralib turadi.
Biz o‘z maydonimizda o‘ynaymiz. Bundan keyin yana 12 o‘yin bor. O‘yinning bir bo‘lagi ekanligimizdan lazzat olishimiz kerak. Bu futbol, barcha birgalikda harakat qiladi va bor e’tiborini bir nuqtaga qaratadi", - dedi Zidan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar