“Barselona” 13 ta o‘yindan so‘ng La Ligada birinchilikni yana qo‘liga oldi. Bugun “Santyago Bernabeu” stadionida bo‘lib o‘tadigan bahs ko‘p savollarga oydinlik kiritadi.
Jamoalarning hech biri ushbu mavsumda stabil o‘yin namoyish etmayapti va ikkala klub ham tarkibda yo‘qotishlarga uchragan. “Real” so‘nggi 3 o‘yinda g‘alaba qozonmadi. Beqaror o‘yin namoyish etayotgan bu jamoalarning o‘zaro o‘yinlari oldidan mavhum savollar ko‘p. Quyida ulardan ba’zilariga to‘xtalib o‘tamiz.
Benzema zarba bera oladimi?
Madridliklar ushbu mavsum hujum chizig‘ida jiddiy muammolar bilan kurashishmoqda. “Levante”dan uchralgan mag‘lubiyat (0:1) yana bir marta buni isbotladi. Ushbu bahsni ham qo‘shib hisoblaganda klub barcha musobaqalarda 8 ta o‘yinda raqiblari darvozasiga yo‘l topolmagan.
Chempionat boshida jamoa markaziy hujumchisi Karim Benzema La Liga to‘purarlar bahsida yakka peshqadam bo‘lib turgandi. Fransiyalik hujumchi 13 ta turdan so‘ng raqiblar darvozasiga 16 ta to‘p kiritgan edi. Bu “gallaktikos”ning jarima maydoni ichidagi muammolarini yashirib turgandi. Ammo Benzema yangi yildan so‘ng atigi bitta gol urdi. Shunda ham “Atletiko”ga qarshi qiyin uchrashuvda.
“Real”ning La Ligadagi to‘purarlari (penaltilarsiz)
11 - Benzema
3 - Kazemiro, Kross, Modrich
2 - Beyl, Ramos, Rodrigo, Varan, Vaskes, Yovich, Valverde
1 - Vinisius, Karvaxal, Nacho, Isko, Azar, Xames
Yuqoridagi statistika “Real”ning bugungi hujumi naqadar nochor ahvolda ekanligini ko‘rsatib beradi. Benzemadan boshqa hech bir futbolchi penaltilarsiz uchtadan ko‘p gol kiritmagan. Klubning ikkinchi to‘purari 5 ta gol bilan jamoa sardori Serxio Ramos hisoblanadi. Ammo ularning 3 tasi 11 metrlik jarima zarbasi orqali kiritilgan.
Jamoa hujumchilari juda yomon mavsum o‘tkazishmoqda. Ulardan ko‘ra orqa chiziq vakillari: Toni Kross, Federiko Valverde ( va, albatta, Ramos) sermahsulroq o‘yin namoyish etishyapti. Qaysidir ma’noda, jarohatlar hujumchilarning natijalariga ta’sir qilayotgani bor gap. “Levante” bilan bellashuvda Eden Azar yana jarohat oldi. Bu o‘yin belgiyalik futbolchi uchun 3 oylik jarohatdan so‘ng bor-yo‘g‘i ikkinchisi edi. Azar to‘pig‘idan olgan jarohat sabab mavsum yakuniga qadar jamoasiga yordam bera olmasligi mumkin.
Zidanning avvalgi “Real”ida ham jarohatlar masalasida talay muammolar bo‘lar edi. Ammo u jamoa gol urishga qiynalmasdi. Bunda Ronaldu effekti yuqori edi. Hozirgi “Real” avvalgisiga qaraganda jamoaviyroq o‘yin namoyish etmoqda. Biroq hujumlarni yakunlashda kuchli ijrochi yetishmayapti. Madridliklarning asosiy muammosi mana shu.
“Barselona”dagi jarohatlar asosan himoya chizig‘ida
Kataloniyaliklar ushbu uchrashuvda asosiy qanot himoyachilarisiz o‘ynashadi. Serxio Robertoning 1 oyga safdan chiqqani haqida xabar berildi. Hordi Alba uchrashuv qaydnomasiga kiritildi. Ammo Set’en uzoq muddatli jarohatdan qaytgan futbolchini birinchi o‘yindanoq tavakkal qilib “El Klassiko”ga tushirmasa kerak. Shundan kelib chiqib, katta ehtimol bilan bugungi bahsda Semedu va Firpo juftligini ko‘rishimiz mumkin. “Napoli”ga qarshi bahsning oxirida Xerard Pike jarohatlanib, maydonni tark etgandi. U ham uchrashuvga 100% tayyor emas.
Murabbiy Kike Set’en Messining erkin futbol o‘ynashiga sharoit yaratib berishga intilmoqda. Messi ushbu mavsum La Ligada 18 ta gol va 12 ta assistni amalga oshirgan holda eng sermahsul o‘yinchi bo‘lib turibdi. “Napoli”ga qarshi uchrashuvda murabbiy hujumda Messi va Grizmann tandemidan foydalandi. Yarim himoyada tanlov imkoniyati yo‘q edi: Buskets, Rakitich, De Yong va Vidal.
Set’en bugungi bahsga ham o‘sha tarkibni tashlashi mumkin. Lekin intrigani oshirib beruvchi o‘zgartirishlar ehtimoli bor. Avvalo, yosh iqtidor egasi Ansu Fati. U jamoaga kengliklar, gollar va yangi qon bag‘ishlashi mumkin. Uning maydonga tushishi hujum chizig‘ini kuchaytiradi. Ammo haqiqiy o‘zgarish deb o‘tgan haftada sensatsion tarzda xarid qilingan Martin Breytueytni aytsak bo‘ladi. “Middlsbro”ning sobiq futbolchisi “Alaves”ga qarshi o‘yinda ajoyib debyutni amalga oshirdi. Uchrashuv so‘ngida maydonga tushgan hujumchi yangi jamoasining oxirgi 2 ta goliga assistentlik qildi. Bu bilan daniyalik forvard jamoaga hali ko‘p yordam bera olishini isbotlashga urindi. “Bernabeu”da ham, agar unga imkoniyat berilsa, o‘zini ko‘rsatishga harakat qiladi.
Qay biri xavfliroq: to‘p nazorati yoki keskin kirib borish?
O‘tgan yili dekabrdagi “klasiko” 2002 yildan beri dastlabki nursiz o‘yin bo‘lgandi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqsak, bu gal ham golsiz o‘yin ehtimoli yo‘q emas. Atigi 2 ochko! G‘olib jamoa 3 ochkodan ham ko‘p narsalarni yutadi. To‘plar farqida tenglik, o‘zaro o‘yinlar statistikasi va La Liganing qolgan jamoalarining ulardan ancha olisligi – bularning bari intrigani cho‘qqiga olib chiqadi.
Asosiy savol: Set’enning to‘p ushlab turishi yoki Zidanning jarima maydoniga tavakkal kirib borishi – qaysi biri kuchliroq?
Murabbiylarning muammolari ham bir xil: Messi va Grizmann juftligini qanday to‘ldirish hamda Benzema atrofida qanday hujum chizig‘ini tashkillashtirish. Beyl jarohatlangan Azar o‘rnini to‘ldirishi mumkin, biroq u so‘nggi paytlarda “El Klasiko”ni asosiy tarkibda boshlaydigan ishlar qilmadi. Vinisius hamda Vaskes variantlari ham bor, lekin Rodrigo o‘rinbosarlar tarkibida olgan qizil kartochkasi sababli maydonga tusholmaydi.
Zidan tarkibni tez-tez o‘zgartirishni va raqiblariga syurprizlar tayyorlashni yoqtiradi. Balki bu gal ham oxirgi o‘yinlarda hujumchilarga qaraganda ko‘proq maydonga tushayotgan Kazemiro, Kross, Valverde, Isko va Luka Modrichdan foydalanar.
O‘z navbatida, Set’en to‘pni nazorat qilishni yoqtiradi. “Granada”ga qarshi bahsda uning jamoasi 1000 ta to‘p uzatishni amalga oshirdi. Murabbiy orqa chiziqda ham to‘p nazoratini ushlashga intilyapti. “Xetafe”ga qarshi uchrashuvda darvozabon Mark Andre ter-Shtegen 69 ta uzatmani amalga oshirgan.
Set’en o‘z “ovchi”lari Messi va Grizmanni “o‘q dori”lar bilan ta’minlab bera oladimi?
Klasiko ko‘plab savollar tug‘dirmoqda. Uning natijasi chempionlik haqidagi savollarga javob bo‘la oladimi? Birgalikda kuzatamiz. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi