
"Yuventus" klubi forvardi Krishtianu Ronaldu yana "Real" Madridga qaytmoqchi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 35 yoshli futbolchi koronavirus tufayli maoshining qisqartirilganidan keyin “keksa sinora” bilan aloqalari yomonlashgan va u Turindan ketish haqida o‘ylay boshlagan. U yangi jamoasi sifatida aynan “qirollik klubi”ni o‘ylamoqda.
Eslatib o‘tish lozimki, Ronaldu “Yuve” safiga 2018 yil 117 mln yevro evaziga aynan “Real”dan ko‘chib o‘tgan edi. U 2009-2018 yillarda madridliklar sharafini himoya qilgan va u klub tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri hisoblanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar