date

Maskerano: "Ronalduni so‘kmang, futbolchilar ham odam"

Maskerano: "Ronalduni so‘kmang, futbolchilar ham odam"

"Barselona" himoyachisi Xaver Maskerano futbolchilar ham shaxsiy xayot kechirishga haqli ekanligi bildirdi va "Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduni tanqid qilmaslikni maslahat berdi.

"Ronalduni so‘kish kerakmas. Biz futbolchilar ham odammiz, boshqalar kabi shaxsiy hayot kechirishga haqlimiz. Biz uni o‘zimiz xohlaganday o‘tkazamiz. Hamma o‘z bilganini qiladi.

Men boshqalarga nimanidir maslahat beradiganlar toifasidanmasman, ammo keling, hamma o‘z hayotini o‘zi xohlaganday o‘tkazishi kerakligini unutmaylik", - deydi Maskerano.

Manba: www.stadion.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Maskerano: "Ronalduni so‘kmang, futbolchilar ham odam"