23:10 / 25.07.2020
2 767

Lionel Messi 2021 yilda «Inter» jamoasiga o‘tadimi?

Lionel Messi 2021 yilda «Inter» jamoasiga o‘tadimi?
Foto: Getty Images
«Inter» klubi «Barselona» sardori Lionel Messiga bo‘lgan qiziqishini saqlab turibdi.
Sport Mediaset nashrining xabar qilishicha, milanliklar klubi Messini 2021 yilning yozida o‘z safiga qo‘shib olishga urinadi.

«Inter» argentinalik futbolchining olib kelinishi jamoa imijiga qay darajada foyda keltirishini yaxshi anglab turibdi. Leoning transferi homiylar va reklamalarning ko‘payishiga xizmat qiladi.

Shu sabab «Inter» hujumchiga «Barselona»dagi maoshiga yaqin miqdordagi pul taklif qilishga tayyor. Hozirda Messi katalonlar safida yiliga 50 million yevroga yaqin topadi.

Bundan tashqari Messining otasi o‘z biznesini Milanga ko‘chiradi va u yerdan uy xarid qilishga ham ulgurgan. Biroq otasining ko‘chishi Leoning «Inter»ga o‘tishi bilan umuman bog‘liq emas. Xorxe Messi Ispaniyadagi soliq qonunchiligi sabab mana shu qarorga kelgan.

Messi «Barselona»da sodir bo‘layotgan so‘nggi ishlardan norozi, italyan klubi uning bu kayfiyatidan foydalanib qolishni reja qilmoqda. Argentinalik o‘yinchining «Barsa»ga bo‘lgan sadoqati barchaga ma’lum, biroq u jamoaning muntazam muammoga uchrashidan charchagan.

Messining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar mo‘ljallangan. Tomonlar hozircha yangi kelishuv borasida biror qarorga kelmadi. Joriy mavsum Messi «Barselona» safida La Ligada 33 o‘yin o‘tkazib, 25 gol va 23 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. U 2019/20 yilgi mavsumning eng yaxshi to‘purari va assistentiga aylandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Lionel Messi 2021 yilda «Inter» jamoasiga o‘tadimi?