22:40 / 25.09.2020
2 608

Piter Xyuistra: "Paxtakor" pley-off bosqichiga tayyor"

Piter Xyuistra: "Paxtakor" pley-off bosqichiga tayyor"
Foto: championat.asia
Osiyo chempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi "Paxtakor" - "Istiqlol" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida Piter Xyuistra va Anzur Ismoilov ishtirok etishdi.
- Ertangi bahsga qanday tayyorgarlik ko‘rildi?
Piter Xyuistra:
- Guruh bosqichini yakunladik, keyingi bosqich bitta o‘yindan iborat bo‘ladi. Biz bunga tayyormiz. Barchasini o‘yin ko‘rsatib beradi.

- Shota Arveladzening holati qanday?
Piter Xyuistra:
- Baxtimizga u o‘zini yaxshi his qilmoqda. U izolyatsiyada. O‘tgan o‘yinni tahlil qildik va navbatdagi bahsga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Barchasi yaxshi bo‘lishiga ishonamiz. Shota dastlabki kunlari biroz o‘zini yomon his qildi, hozirda esa barchasi ortda qoldi va yosh hamda ishga chanqoq.

- Futbolchilarning barchasi ertangi bahsga tayyormi?
Piter Xyuistra:
- Komilov ikkita sariq kartochka tufayli ertaga maydonga tusha olmaydi. Qolgan barcha futbolchilar o‘yinga tayyor.

- Ertaga sizni "Istiqlol", jismonan kuchli bo‘lgan jamoaga qarshi o‘ynaysizlar. Bu o‘yinga qanday tayyorgarlik ko‘rdinglar?
Anzur Ismoilov:
- Guruhdan chiqqanimizdan xursandmiz. Bizni oldinda og‘ir o‘yinlar va haqiqiy kurash kutmoqda. Muxlislar va ko‘plab insonlar “Paxtakor”dan g‘alaba g‘alaba kutishmoqda. Maqsadimiz faqat g‘alaba qozonish. Raqibni yaxshi bilamiz, o‘rganib chiqdik. Bizga qiyin bo‘ladi. G‘alaba qozonishimiz kerakligini tushunib turibmiz. Jamoamiz ertangi o‘yinga tayyor. Maydonga faqat g‘alaba uchun chiqamiz.

Piter Xyuistra: - "Paxtakor" jismonan kuchsiz deb o‘ylamanglar. Biz ham ikki yildan buyon bu borada mehnat qilyapmiz. Bu borada o‘zimizga ishonch katta

- Siz matbuot anjumanida o‘zingizga juda ham ishonch bilan o‘tiribsiz. Futbolchilar ham o‘zlariga ishonishyaptimi?
Piter Xyuistra: - Ha biz o‘zimizga ishonamiz. Bu yigitlar bilan har kuni birga ishlayman va ularning imkoniyatini yaxshi bilaman.

- "Istiqlol" so‘nggi o‘yinlarda ikkinchi qavatda ustunlikka ega bo‘lib gollar urmoqda. Markaziy himoyachi sifatida siz va Yegor Krimes bunga alohida tayyorgarlik ko‘rayapsizlarmi?
Anzur Ismoilov: - To‘g‘ri, raqib safida ikkinchi qavatda yaxshi o‘ynaydigan futbolchilar bor. Biz ham shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rdik. Jamoamizdagi futbolchilar bir-birini yaxshi tushunadi.

- "Paxtakor" 10 yil deganda ilk bora guruhdan chiqishga erishdi. Shuncha vaqt nima uchun guruhdan chiqa olmagan deb o‘ylaysiz? O‘zbekiston terma jamoasi va klublari nima uchun xalqaro musobaqalarda g‘olib bo‘la olmayapti?
Piter Xyuistra: - Oxirgi yillarni qarasangiz bizda pasayish bo‘ldi. Lekin ikki yil oldin O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo chempioni bo‘lgandi. O‘sha jamoaning ko‘plab a’zolari hozir "Paxtakor"da o‘ynashmoqda. O‘sha musobaqadan keyin futbolchilar yanada kuchayishdi. Bu futbolchilar yangi davrni boshlab berishmoqda. Dastlabki maqsadimiz guruhdan chiqish edi, bu vazifa uddalandi. Endi navbatdagi raqibni mag‘lub etishni istaymiz.

- "Paxtakor" 10 yil degandi guruhdan chiqdi. O‘sha tarkibda siz ham bor edingiz. Ichingizdan qandaydir hissiyotlar o‘tdimi?
Anzur Ismoilov: - Albatta, 10 yil oldin tarkibda edim. Men ham, jamoa ham yosh edi. Hozir ancha vaqt o‘tdi. Bu men uchun so‘nggi imkoniyat bo‘lishi mumkin. Ayni paytda men ham, klub ham ancha tajribali.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Piter Xyuistra: "Paxtakor" pley-off bosqichiga tayyor"