Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan La Liganing 7-turida bo‘ladigan "Barselona"ga qarshi "el-klasiko" oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
- Klasiko bu - klasiko. Ikki yaxshi jamoa o‘zaro kurashadigan o‘yin. Vaziyat va bo‘sh stadionga qaramay, yaxshi o‘yin bo‘ladi. O‘zgarishlarga qo‘l urmoqchimiz. O‘z o‘yinimizni namoyish qilishga urinamiz.
"Barselona" haqida? Bu har qanday murabbiy bilan doimo kuchli bo‘lgan jamoa. "Barselona" har doim "Barselona". Yaxshi futbol o‘ynashni biladigan va sizga har vaqt qiyinchilik tug‘dina oladigan jamoa.
Tafsilotlarga to‘xtalmayman. Qiyin uchrashuv kutayotganini aniq bilaman va bu o‘ziga yarasha yaxshi. Maydonga chiqib, boshidanoq murakkab bo‘ladigan bellashuvni o‘tkazamiz, - dedi Zinedin Zidan.
"Barselona" - "Real" o‘rtasidagi "el-klasiko" 24 oktabr kuni Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi