10:13 / 13.12.2020
2 121

«Real» Madrid derbisida musobaqa peshqadami «Atletiko»ni mag‘lubiyatga uchratdi

«Real» Madrid derbisida musobaqa peshqadami «Atletiko»ni mag‘lubiyatga uchratdi
Foto: Twitter
Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 13-turida «Real» 12 dekabr, shanba kuni «Atletiko»ni qabul qildi.
Uchrashuv maydon egalarining hujumlari bilan boshlandi. Mezbonlarning kuchli bosimi 15-daqiqada o‘z samarasini berdi: Kazemiro burchakdan uzatib berilgan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi. Birinchi bo‘limda Zinedin Zidan shogirdlarida yana bir nechta imkoniyatlar yuzaga keldi, biroq hisob tanaffusga qadar o‘zgarmadi.

Ikkinchi bo‘limda ham Diyego Simeone jamoasi qarshi hujumlarga tayanishga majbur bo‘ldi. Sababi «Real» to‘p nazoratini qo‘lga olgan holda, raqibning pozitsion hujumlariga imkon bermadi.

63-daqiqada Dani Karvaxalning jarima maydoni tashqarisidan yo‘llagan super zarbasidan keyin to‘p darvoza ustuni va Yana Oblakka tegib darvozadan o‘rin oldi.

«Matraschilar» so‘nggi 15 daqiqalikda o‘ziga keldi va mezbonlar darvozasi oldidan xavfli vaziyatlar yaratishga erishdi. Biroq «qaymoqranglilar» vaziyatni nazorat qilishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa ushbu g‘alabadan keyin «Real»ning ochkolarini 23 taga yetkazib olgan holda 3-o‘ringa ko‘tarildi. «Atletiko» (26) esa hamon peshqadamlikni saqlab turibdi.

«Real Madrid» — «Atletiko M» 2:0
Gollar:
1:0 – 15 Kazemiro, 2:0 – 63, avtogol Oblak.
«Real Madrid»: Kurtua, Varan, Karvaxal (Asensio, 79), Ramos, Mendi, Kazemiro, Kroos, Vaskes, Modrich (Valverde, 88), Vinisius Junior (Rodrigo, 79), Benzema.
«Atletiko M»: Oblak, Felipe (Lemar, 46), Savich, Tripper, Ermoso, Lorente, Karrasko (Korrea, 46), Errera (Lodi, 46), Koke, Joau Feliks (Saul, 60), Suares (Kondogbia, 73).
Ogohlantirishlar: Kazemiro (36), Lemar (46), Korrea (50), Savich (61).

«Valensiya» — «Atletik» 2:2
Gollar:
1:0 – 26, penalti Soler, 1:1 – 55 Vilyalibre, 1:2 – 79, penalti Raul Garsiya, 2:2 – 83 Valexo.

«Xetafe» — «Sevilya» 0:1
Gol:
0:1 – 81, avtogol Echeyta.

«Ueska» — «Alaves» 1:0
Gol:
1:0 – 66 Ontiveros.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Real» Madrid derbisida musobaqa peshqadami «Atletiko»ni mag‘lubiyatga uchratdi