00:08 / 21.02.2021
1 879

Shomurodov va Badelning gollari "Jenoa"ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi

Shomurodov va Badelning gollari "Jenoa"ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi
Italiya A Seriyasining 23-turidan o‘rin olgan "Jenoa" va "Verona" o‘rtasidagi bahs yakunlandi. Mazkur uchrashuvda jamoalar 2:2 hisobida jangovar durangga imzo chekdi.

Uchrashuvni zaxirada boshlagan Shomurodov ikkinchi bo‘limda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1ta gol yozdirib qo‘ydi. 48-daqiqada Eldor himoyachining xatosidan so‘ng raqib posbonini osonlikcha ortda qoldirdi.

Shu tariqa, onlayn jadvalda "Verona" ushbu durangdan so‘ng 34 ochko bilan 9-o‘rinda qolgan bo‘lsa, "Jenoa" 26 ochko to‘plagan holda 11-o‘rinni egallab turibdi.

"Jenoa" – "Verona" 2:2
Gollar:
Ilich (17, 0:1), Shomurodov (49, 1:1), Faraoni (61, 1:2), Badel (90+5, 2:2).
"Jenoa" – Perin, Chiborra (Pellegrini, 46), Masello, Krishito, Dzappakosta, Badel, Radovanovich, Zays (Shomurodov, 46), Strotman (Pandev, 67), Pyatsa (Rovella, 55), Destro (Skamakka, 67).
"Verona" – Silvestri, Gyunter, Lovato (Chetin, 46), Manyani, Faraoni (Ronaldu Viyeyra, 68), Tamez, Lazovich, Dzakkani, Ilich, Barak, Lazanya.
Ogohlantirish: Strotman (57), Chetin (74).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodov va Badelning gollari "Jenoa"ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi