22:20 / 15.04.2021
2 186

Ro‘ziqul Berdiyev: "OFK kubogida imkon qadar guruhdan chiqishimiz kerak"


Superliganing oltinchi turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Surxon" (6:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Avvalo muxlislarimizni ishonchli g‘alaba bilan tabriklayman. Mavsum startida ko‘p ochkolar yo‘qotgan edik. Ularning o‘rnini to‘ldirishimiz kerak edi. O‘z o‘yinimizni o‘zgartirgan holda ochkolar to‘plashimiz talab etilardi. Buning uddasidan chiqmoqdamiz. Shu kayfiyat va tempda davom etishimiz darkor. Jamoamizning o‘yinini shakllatirishga va sifatida e’tibor qaratmoqdamiz. "Surxon" himoyadan o‘ynab qarshilik ko‘rsatishga urinishini bilar edik. Shuning uchun imkon qadar shoshilmasdan vaziyatlarimizni kutishimiz lozim edi. Birinchi golgacha raqib munosib qarshilik ko‘rsata oldi. Shundan so‘ng ikkinchi bo‘limda o‘yin tubdan o‘zgarib ketdi. Ustunlik to‘liq tomonimizga o‘tdi", - deydi Ro‘ziqul Berdiyev.

- Tanaffusda bergan ko‘rsatmalaringizni futbolchilar qay darajada bajara olishdi?
- Urib olgan gollarimiz bizga qo‘l keldi. Raqib ham oldinga o‘tishga intildi. Shuning uchun ularda bo‘sh hududlar paydo bo‘lishini, ulardan foydalanish kerakligini aytgandik. Buni amalda uddalay olishdi.

- Oybek Bozorovning holati qanday?
- Menimcha, bir haftalarda mashg‘ulotlarga qaytadi. Oybekning bugun ishtirok etmagani, Suhrob Nurulloyevda ham jarohat borligi sabab o‘yin sxemamizni ham o‘zgartirishga qaror qildik. Bunday sxemada ko‘p o‘yinlar o‘tkazganmiz. Chunki tarkibimiz katta emas. Yo‘qotishlar bo‘lganida futbolchilarning joylashuvini o‘zgartirishimizga to‘g‘ri keladi.

- O‘zbekiston kubogi guruh bosqichida asosiy favorit sifatida kimni ko‘rsata olasiz?
- O‘ylaymanki, uchta Superliga jamoalarining imkoniyatlari balandroq. O‘zimiz qatnashadigan har bir musobaqada maksimal darajada harakat qilamiz. Tarkibimiz katta bo‘lmasada, uchta frontda kurashishimizga to‘g‘ri keladi. Imkon qadar yoshlarning tajribasini va o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirishimiz lozim.

- OFK kubogi bahslariga tayyorgarlik qanday bo‘lyapti?
- Chempionat o‘yinlari orqali tayyorlanamiz. OFK kubogi boshlanadigan pallada yaxshi holatda bo‘lamiz. Tojikistondagi o‘yin su’niy maydonda o‘tishi bizni o‘ylantirmoqda. Bu bizga ozgina bo‘lsada qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Lekin bu bahona bo‘lmaydi. Imkon qadar guruhdan chiqishimiz kerak. Turkmanistonda chempionat davom etmoqda. Tojikistonda ikkita tur o‘tdi. Musobaqaga qadar raqiblarni o‘rganib chiqamiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: "OFK kubogida imkon qadar guruhdan chiqishimiz kerak"