"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduning agenti Jorje Mendesh "Manchester Yunayted"ga mijozining xizmatlarini taklif qilmoqda.
Libero nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 36 yoshli portugaliyalik futbolchining o‘zi ham “Old Trafford”ga qaytishga rozi. Ronaldu buning uchun yillik 31 yevro maoshini 20 millionga kamayishiga ham rozi. "Yuventus" moliyaviy qiyinchiliklar sabab tarkibdagi eng ko‘p maosh oladigan futbolchisini sotib yuborishi mumkin.
Ronaldu 2003-2009 yillarda "Manchester Yunayted" safida to‘p surgan va shundan so‘ng 2009 yilda “Real”ga ko‘chib o‘tgan.
Krishtianu bu mavsum "Yuventus" safida 41 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 34 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi