21:25 / 29.05.2021
2 778

Terma jamoadan chaqiruv olmagan Shahboz Umarov BATE safida supergol kiritdi (video)


Belarus Oliy Ligasi 11-turida BATE o‘z maydonida “Slaviya Mozir”ni qabul qilib, 3:0 hisobida zafar quchdi.
O‘yinni asosiy tarkibda boshlagan mezbonlar a’zosi Shohboz Umarov 43-daqiqada jarima zarbasini mukammal tarzda amalga oshirdi va chempionatdagi 5-golini urdi. Shuningdek, o‘zbekistonlik futbolchi hisobida 3 ta assist ham bor.

Borisovliklar bugungi g‘alabadan keyin ochkolari sonini 26 taga yetkazib, peshqadam “Shaxtyor”ni quvishda davom etmoqda. Soligorskliklar hisobida 33 ochko bor.

BATE – "Slaviya" 3:0 (2:0, 1:0)
"Kapskiy-Arena"
Gollar:
1:0 – 17 Skavish, 2:0 – 43 Umarov, 3:0 – 58 Skavish.
BATE – Chichkan, Ribak (Supranovich, 46), Filipovich, Filipovich, Nechayev, Dragun (Signevich, 68), Karasev (Nosko, 46), Yablonskiy, Umarov (Bessmertniy, 65), Skavish, Milich (Malkevich, 80).
"Slaviya" – Baranovskiy, Nedashkovskiy, Shestilovskiy, Timonyuk, Rutskiy, Narx, Juk (Jerdev, 63), Barsukov (Poloz, 68), Slyusar (Rayevskiy, 46), Melnikov (Ndjengo Mandeng, 77), Tettex (Tlupov, 55).
Ogohlantirishlar: Karasev (13), Nedashkovskiy (21), Juk (24), Rutskiy (42), Shestilovskiy (47), Filipovich (53), Nosko (81).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Terma jamoadan chaqiruv olmagan Shahboz Umarov BATE safida supergol kiritdi (video)