08:34 / 30.05.2021
2 000

Tomas Tuxel: “Barcha harakatlarimiz g‘alabaga qaratilgandi”


“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel YECHL finalida “Manchester Siti” (1:0) ustidan qozonilgan g‘alabaga izoh berdi.
“G‘alabani barcha bilan bo‘lishish yoqimli holat. Biz buni uddaladik. Ochig‘i, buni qanday izohlashni bilmayman.
Men ikkinchi marta ushbu turnirning finalida o‘ynash baxtiga erishganimdan mamnun edim. O‘zimni noodatiy tarzda his qildim. 

G‘alabaga yaqin turganimni qaysidir ma’noda his qilib turgandim. Futbolchilarimning g‘alabaga bo‘lgan  ishonchi yuqori edi. Biz “Man Siti” uchun butsasiga osilgan tosh kabi bo‘lishni istagandik.

Har bir futbolchiga o‘yinni o‘z qo‘liga olishini, dadil harakat qilishini, xavfli qarshi hujumlar tashkil etishini aytgandik.
Jismoniy jihatdan olib qarasak, o‘yin judayam og‘ir kechdi. Har bir futbolchi har bir bir vaziyatda jamoadoshiga yordam berishga intildi”, dedi Tuxel BT Sport telekanaliga bergan intervyusida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tomas Tuxel: “Barcha harakatlarimiz g‘alabaga qaratilgandi”