“Manchester Yunayted”ni tanlagan Krishtianu Ronaldu uni qo‘lga kiritishga yaqin bo‘lgan “Manchester Siti”ga nega o‘tmagani sababi ma’lum bo‘ldi.
Ma’lumotlarga qaraganda, besh karra “Oltin to‘p” sohibiga “shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bilan bo‘lgan telefondagi suhbat chog‘ida ispaniyalik mutaxassisning munosabati yoqmagan.
Manbalar Gvardiola Ronalduga “Agar kela olsang, shu yerni o‘zida biror narsa o‘ylab topishga harakat qilamiz. Lekin men senga hech narsani kafolatlamayman”, - degani haqida xabar tarqatmoqda.
36 yoshli Krishtianu Ronaldu faoliyati davomida 30 dan ziyod nufuzli sovrinlarni qo‘lga kiritgan. UYEFA Chempionlar ligasida besh bor zafar quchgan. Angliya, Ispaniya va Italiya chempioni, terma jamoasi bilan Yevropa chempioni bo‘lgan.
Ronaldu rasmiy uchrashuvlarda eng ko‘p gol urgan rekordchi hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)
U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi
Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda
Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video)